Xorazm viloyati, Yangiariq t, Yangiariq shaharchasi Al-Xorazmiy ko'chasi

Joriy yilning 15-noyabr kunidan 15-dekabr kuniga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkazilmoqda.
 
21-noyabr kuni mazkur oylik doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida  mas’ul xodimlar va talabalar ishtirokida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qaratilgan profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi.
 
Unda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Chirchiq shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi va “Chirchiqshahargaz” gaz taʼminoti korxonasi vakillari ishtirok etishdi. 
 
Tadbirda mutaxassislar tomonidan talabalarga qish mavsumi oldidan yong‘inlar va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha zaruriy maʼlumotlar berildi. 
 
Tadbir yakunida esa gaz jihozlaridan foydalanish xavfsizligi, is gazidan zaharlanganda birinchi yordam ko‘rsatish va sodir bo‘lgan yong‘in holatlarini bartaraf etish usullari amaliy tarzda maxsus texnikalar yordamida ko‘rsatib o‘tildi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangiariq t, Yangiariq shaharchasi Al-Xorazmiy ko'chasi
  • +998 (97) 221-25-57
  • info@yangiariq-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Июнь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930 

Yil dasturi

Manzili