


“Biz giyohvandlikka qarshimiz” Xorazm viloyati sport boshqarmasining 2025 yil 10 fevaldagi 01-03/14-sonli Xorazm viloyatida Narkotik moddalarning suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida sport sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan Yangiariq tumanidagi G'altak mahallasi hududidagi 6-son maktabi zalida 2025 yil 27 fevral kuni tuman mahallalari yoshlari ishtirokida sportning Basketbol sport turi bo'yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqa g‘oliblari tuman sport maktabi tomonidan ta’sis etilgan 1-2-3 darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.