

🏆 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33-yilligi hamda Vatan ximoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-62-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Yangi O‘zbekiston armiyasi-mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan sport maktabi treneri G‘anibek Qozoqov tashabbusi bilan Kamondan o‘q otish sport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblari tuman sport maktabi tomonidan ta’sis etilgan 1-2-3 darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.