Xorazm viloyati, Yangiariq t, Yangiariq shaharchasi Al-Xorazmiy ko'chasi

Mazkur sport maydonchasi “Besh tashabbus paralimpiadasi” doirasida yengil atletika bo‘yicha 2025-yilgi respublika bosqichida 1-o‘rinni egallagan mahalla fuqarosi Marvarid Norimanovaning yutug‘i evaziga Sport vazirligi tomonidan barpo etilib, mahalla ahliga tuhfa qilindi.

Ochilish marosimida Xorazm viloyati Sport boshqarmasi, tuman hokimligi rahbariyati, yoshlar, nuroniylar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, Marvarid Norimanovaning joriy yilda ham “Besh tashabbus paralimpiadasi”ning respublika bosqichida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgani uning sportdagi yuksak mahorati va qat’iyati bilan birga, o‘z mahallasining rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini ham namoyon etadi.

Mazkur natija esa mahallada yana bir “Universal” sport maydonchasining barpo etilishiga asos bo‘lib, yoshlar uchun yangi sport imkoniyatlarini yaratishga xizmat qiladi.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangiariq t, Yangiariq shaharchasi Al-Xorazmiy ko'chasi
  • +998 (97) 221-25-57
  • info@yangiariq-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Manzili