




🇺🇿Joriy yilning 1–5-iyun kunlari Toshkent shahridagi JAR sport majmuasida Turon yakkakurashi bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🇺🇿Mazkur nufuzli musobaqada Yangiariq tumani sport maktabi tarbiyalanuvchilari ham faol qatnashib, yuqori natijalarni qayd etdilar. Murabbiy Shuxratov Boboxonning shogirdlari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, tumanimiz hamda viloyatimiz sporti sharafini munosib himoya qildilar.
🇺🇿Xususan,
Quronboyev Zafarbek U19 yosh +95 kg vazn toifasida 😀1-o'rin;
Ismoilov Amirxon U17 yosh +85 kg vazn toifasida 😀1-o'rin;
Ilhombekova Ruxshona U17 yosh +78 kg vazn toifasida 😀1-o'rin;
Ergashova Ra'no U15 yosh 60 kg vazn toifasida 😀1-o'rin;
Olimov Olimboy U 15 yosh 30 kg vazn toifasida 🥈2-o'rin;
Qadamova Guli U 17 yosh 43 kg vazn toifasida 🥈2-o'rin;
Saparov Jamshidbek U 19 yoshlilar orasida 🥉3-o'rin;
Jumanazarov Mehrbek U 17 yoshlilar orasida 🥉3-o'rinlarni egallashdi.
🇺🇿Ushbu muvaffaqiyat sportchi yoshlarning tinimsiz mehnati, murabbiylarning fidokorona sa’y-harakatlari hamda sportga qaratilayotgan e’tibor samarasidir.
🌟“G‘alaba — iste’dod va mehnat uyg‘unligining eng yorqin natijasidir.”