Xorazm viloyati, Yangiariq t, Yangiariq shaharchasi Al-Xorazmiy ko'chasi

Tadbir ertalab 5000 qadam ommaviy yurish marafoni bilan boshlandi. Shundan so‘ng ishtirokchilar uchun badan tarbiya mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Shuningdek, armrestling, tosh ko‘tarish, stol tennisi hamda arqon tortish sport turlari bo‘yicha qiziqarli musobaqalar o‘tkazildi. Tadbir doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha yarmarka tashkil etildi.

Tadbirda nuroniylar, sportchi yoshlar va keng jamoatchilik vakillaridan iborat 500 nafarga yaqin ishtirokchi faol qatnashdi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari San’atbek Salayev, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig'i Umidjon Raupov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Djumaniyazova hamda tuman hokimligi mas’ullari aholi bilan bir safda ishtirok etib, sport tadbirlariga alohida ko‘tarinki ruh bag‘ishladilar.

Manzil

  • Xorazm viloyati, Yangiariq t, Yangiariq shaharchasi Al-Xorazmiy ko'chasi
  • +998 (97) 221-25-57
  • info@yangiariq-sport.uz
  • Ish vaqti: 9:00 - 18:00
«    Октябрь 2026    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

Yil dasturi

Manzili