🇺🇿Uchrashuvda shuningdek, tuman prokurori O.Eshchonov va tuman IIB boshlig‘i J.Madrimovlar ham ishtirok etishdi.
🇺🇿Uchrashuv davomida yosh sportchilarga yaratilgan sharoitlar batafsil o‘rganilib, sport maktabini to'liq, qayta rekonstruksiya qilish va jihozlash ishlari yuzasidan tegishli davlat dasturi tasdiqlanganligi ta'kidlandi.
🇺🇿Bundan tashqari, uchrashuvda joriy yilda o'tkazilgan O'zbekiston chempionatida g'olib bo'lgan va sovrindor yoshlarga esdalik sovg'alar topshirildi.
🇺🇿Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 341-sonli qarori ijrosi yuzasidan nogironligi bo‘lgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida O'ktamboyeva Marjona ga subsidiya asosida komputer jamlanmasi topshirildi.



















