


Mini-futbol sport turi bo‘yicha “Hokim kubogi”musobaqasi.
Hududlardagi mahallalarda ommaviy sport musobaqalarini o‘tkazish orqali ayniqsa, qishloq joylarda yoshlar va uyushmagan yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jinoyatchilikni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, yoshlarni jismonan sog‘lom va har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish maqsadida 2025 yil 25 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi PF-6099-sonli, 2019 yil 12 apreldagi PF-5887-sonli ”O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gigi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Hokim kubogi” doirasida -18 va kattalar o‘rtasida Mini-futbol sport turi bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida Yangiariq tumani 2-sektor mahallalari jamoalari o'rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. 1-o'rin Ogohiy, 2-o'rin Chakir, 3-o'rin G'altak jamoasi.