
“Biz giyohvandlikka qarshimiz” Xorazm viloyati sport boshqarmasining 2025 yil 10 fevaldagi 01-03/14-sonli Xorazm viloyatida Narkotik moddalarning suiiste’moli va noqonuniy aylanishiga qarshi kurash bo‘yicha “Biz giyohvandlikka qarshimiz” shiori ostida sport sog‘lomlashtirish tadbirlari tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan 2025 yil 21 fevral kuni Professional ta’lim muassasalaridagi xodimlar va talabalar o‘rtasida Yangiariq tumanidagi 3-son qurilish va trasport kasb-hunar maktabi zalida sportning Stol tennisi turi bo'yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Musobaqa g‘oliblari tuman sport maktabi tomonidan ta’sis etilgan 1-2-3 darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.